Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Viloyat hokimi bitiruvchi talabalar bilan muloqot o‘tkazdi
15:34 / 2022-03-10

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti bitiruvchi talabalari bilan uchrashib, muloqot o‘tkazdi.

Muloqotda mamlakatimizda keyingi yillarda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z iqtidor va salohiyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi, Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan oliy o‘quv yurtlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ilmiy salohiyatini yuksaltirish, ta’lim sifatini xalqaro andozalar darajasiga ko‘tarish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganligi ta’kidlandi.  

[gallery-6081]

Yurtimizda yoshlarning oliy ta’lim olishi, malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, Andijon viloyatida 2 yil avval 4 ta oliy o‘quv yurti bo‘lib, ularda 25 ming nafar talaba tahsil olgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib, viloyatda 8 ta oliy ta’lim muassasasi faoliyat ko‘rsatmoqda, ularda 50 ming nafarga yaqin talaba o‘qimoqda. Talabalarning o‘qib, puxta bilim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Shuningdek, muloqotda bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlash, bu boradagi mavjud imkoniyatlar, joriy o‘quv yilida mazkur institutni 15 ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tamomlayotgan 422 nafar talabani mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlash masalalari atroflicha muhokama etildi.

Ayni kunga qadar institutning 46 nafar bitiruvchisi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish joyiga ega bo‘lganligi alohida qayd etildi.

Ochiq, samimiy tarzda o‘tgan muloqot davomida viloyat hokimi bitiruvchi yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob qaytardi.

F.Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat), O‘zA