French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Viloyat hokimi bemorlar holidan xabar oldi
13:46 / 2021-05-15

bugungi kunda gematologiya kasalliklar, ya’ni o‘tkir leykoz, surunkali leykoz, kamqonlik kabi kasalliklar bilan kasallangan bemorlarni davolash, sog‘lom hayotga qaytarish masalasi dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi.

Kuni kecha davlatimiz rahbari Respublika gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bo‘lib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishish asnosida bemorlar bilan muloqot qilgan holda soha xodimlariga muhim topshiriq va ko‘rsatmalar bergan edi.

Davlat rahbarini topshiriq va ko‘rsatmalaridan kelib chiqib, Sirdaryo viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Rustam Yuldashev hamrohligida viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bo‘lib, markazning gematologiya va o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bo‘limida davolanayotgan bemorlar holidan xabar oldi.

Viloyat rahbari tashrif davomida gematologiya bo‘limida davolanayotgan onkogematologik kasalliklar, ya’ni surunkali miyeloleykoz, surunkali limfoleykoz, o‘tkir leykoz, kasalliklari, davolanishi qiyin bo‘lgan kasalliklardan, aplastik kamqonlik, immun trambotsitopenik purpura, trombotsitopeniya, subleykemik miyeloz kabi kasalliklar, nasliy kasalliklardan gemofiliya A , gemofiliya B , nasliy gemolitik kamqonlik kasalliklari bilan kasallangan bemorlar hamda sun’iy buyrak yetishmovchiligi bo‘limida davolanayotgan bemorlar bilan muloqot qildi. Ularni Prezident nomidan Ramazon bayrami bilan qutlab, sovg‘alar topshirdi.

Shundan so‘ng viloyat hokimi mazkur markazning gematologiya, gastroenterologiya, pulmonologiya, nevrologiya, revmatologiya bo‘limlari uchun yangidan qurilayotgan 100 o‘rinli binoni qurilish ishlari bilan tanishdi.

Ayni vaqtda mazkur binoni qurilish ishlari 85 foizga bajarilgan bo‘lib, iyul oyida foydalanishga topshiriladi. Bundan tashqari, hozirgi kunda foydalanib kelinayotgan 63 o‘rinli bo‘lim ham joriy yilning so‘ngiga qadar qayta rekonstruksiya qilinadi.

Ayni vaqtda mazkur 163 o‘rinli ikki binoni qurish va rekonstruksiya qilish ishlariga investitsiya dasturi doirasida 18,5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, qurilish va ta’mirlash ishlari pudratchi tashkilotlar tomonidan jadallik bilan olib borilmoqda. Viloyat hokimi qurilish ishlari bilan tanishish asnosida quruvchilarga o‘z tavsiya va maslahatini berdi.

Shuningdek, joriy yilda sinov tariqasida aprobatsiyadan o‘tkazilayotgan davlat tibbiy sug‘urtasi hamda tibbiyot klaster tizimizni joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham muhokama qilib, bemorlar uchun shart-sharoit yaratish, ularning sog‘lig‘ini tiklash borasida qilinishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan soha xodimlariga tegishli topshiriqlarini berdi.