Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Viloyat hokimi askarlar bilan tushlik qildi
12:17 / 2026-01-05

Samarqand viloyat hokimi Adiz Boboyev “Milliy armiya — ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni” shiori ostida o‘tkazilayotgan harbiy vatanparvarlik oyligi” doirasida Markaziy harbiy okrugga qarashli harbiy qismda bo‘lib, ofitser va askarlar bilan uchrashdi.

Dastlab viloyat rahbari harbiy qism o‘quv va amaliy mashg‘ulot xonalari, sport zal va tarix o‘quv binosi bilan tanishdi.  

– Ajdodlarimiz jasorati, ularning jang san’ati haqidagi ma’lumotlar har birimizda ona Vatanga mehr, faxr-iftixor tuyg‘usini jo‘sh urdiradi, – dedi A.Boboyev. – Bugun oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri yoshlarga buyuk jahongir va sarkarda bobolarimiz harbiy salohiyati haqida ko‘proq ma’lumot berish, ularda bundan faxr tuyg‘ularini uyg‘otishdan iborat. Shuning uchun o‘quvchi-yoshlarning harbiy qismlarga sayohatlarini, harbiy xizmatchilar bilan uchrashuvlarini muntazam tashkil etish lozim.  

Viloyat hokimi tog‘ o‘qchilar bataloni yotoqxonasi va tunu kun faoliyat ko‘rsatadigan “Kitob-24” kutubxonasi faoliyati bilan tanishdi. Kutubxonada harbiy xizmatchilarning farzandlari xorijiy tillarni o‘rganishi uchun bepul to‘garaklar tashkil etilgan bo‘lib, mutaxassis serjant va ofitserlar biriktirilgan. Ushbu to‘garaklar va kutubxonaga shu hududda yashovchi fuqarolar, jumladan, kam ta’minlangan oilalar farzandlari ham jalb qilinmoqda.

Adiz Boboyev askar va serjantlar bilan birga tushlik qilib, ular bilan dildan suhbatlashdi. Yoshlarning maqsadlari, orzu-istaklari bilan qiziqdi.  

Suhbat chog‘ida mamlakatimiz Qurolli Kuchlaridagi islohotlar, jahon armiyalari tajribasi va o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘z yuritildi.  

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri