Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Viloyat hokimi Andijon davlat pedagogika instituti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
14:57 / 2025-11-06

Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon davlat pedagogika instituti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda yoshlarning ta’lim olish sharoiti, faolligi va kelajakka bo‘lgan rejalari, shuningdek, taklif va tashabbuslari muhokama qilindi. Viloyat rahbari talabalarning oliy ta’lim muassasalaridagi o‘qitish usullari va kasbiy tayyorgarlik darajasini mukammallashtirish istiqbollari haqida fikr almashdi. Shuhratbek Abdurahmonov ta’limda yangi va zamonaviy usullarni joriy etish orqali talabalarning bilimi hamda amaliy ko‘nikmalarini oshirishga alohida urg‘u berdi.

Tadbir davomida dual ta’lim tizimi ham muhokama qilindi. Viloyat hokimi nazariya va amaliyot o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlashning ahamiyatiga e’tibor qaratdi. Bu talabalarning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish va ishlab chiqarish jarayonlariga qo‘shgan hissasini kuchaytirishga yordam beradi. Shuningdek, talabalarni nazariy bilimlar bilan cheklanmasdan, amaliyotda ham mukammal va raqobatbardosh mutaxassislar bo‘lishga chaqirdi.

Talabalarning ilmiy-amaliy tadqiqotlar va ijtimoiy faoliyati bilan bog‘liq takliflari ham muhokama qilindi. Viloyat hokimi yoshlarga o‘z fikr va tashabbuslarini bildirish uchun imkoniyat yaratish muhimligini ta’kidladi. Shu bilan birga, oliy ta’lim muassasalari talabalar bilan doimiy muloqotda bo‘lishi va ularning kasbiy tayyorgarligini yaxshilashda muhim rol o‘ynashi qayd etildi.

Shuningdek, Shuhratbek Abdurahmonov talabalarni mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga, bilim olishda izlanuvchan va faol bo‘lishga chorladi. Viloyat rahbari har bir talabaning o‘z professional salohiyatini rivojlantirish va yangi imkoniyatlarni faol izlashda mas’uliyatli ekanini ta’kidladi.

[gallery-26102]

Uchrashuv so‘nggida ta’limdagi o‘zgarishlar, oliy ta’limdagi yangi yo‘nalishlar va talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi. Shuhratbek Abdurahmonov ta’limning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishga qo‘shayotgan hissasi, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga doir choralar haqida so‘zladi.

Faxriddin Ubaydullayev,

Zuhriddin Umrzoqov (foto), O‘zA muxbirlari