Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida intellektual o‘yinlar, sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.
Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida ham 22 ta tuman-shahardan kelgan 132 nafar sportchi stol tennisi bo‘yicha o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi.
Yakkalik baxslardagi (16-21; 22-26; 27-30 yosh toifasida) o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan bellashuvlar murosasiz kechdi.
Yakuniy natijalariga ko‘ra, 16-21 yoshli yigitlar o‘rtasida Abubakir Hoshimov (Ohangaron shahri), Qizlar o‘rtasida Nigina To‘rabekova (Bo‘ka tumani) g‘olib bo‘ldi.
22-26 yoshli yigitlar o‘rtasida Mirshavkat Mirabdullayev (Parkent tumani), qizlar o‘rtasida Ozoda Abdusamatova (Bekobod shahri)larga yetadigan topilmadi. 27-30 yoshli erkaklar o‘rtasida birinchi o‘rinni Jahongir Abdurazzoqov (Olmaliq shahri) qo‘lga kiritdi. Qizlar o‘rtasidagi bahslarda Munojot O‘rmonova (Ohangaron tumani) birinchi bo‘ldi.
Tashkilotchilar tomonidan sportchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
A.Musayev,O‘zA.