English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Viloyat bosqichi g‘oliblari ma’lum bo‘ldi
11:52 / 2026-02-19

Umumta’lim maktablarining 7-11 sinf qizlaridan tuzilgan jamoalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” uchun mini futbol musobaqasining Andijon viloyati bosqichi final o‘yinlar yakuniga yetdi.

Qizlar o‘rtasida ommaviy sport turlari, xususan, futbolni rivojlantirish, futbol bilan shug‘ullanuvchi qizlar qamrovini kengaytirish,  futbol musobaqasi orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda iqtidorli yosh futbolchi qizlarni aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan musobaqada 16 jamoa ishtirok etib, g‘oliblik uchun bahs olib bordi. 

Andijon futbol akademiyasi maydonida bo‘lib o‘tgan final uchrashuvda Shahrixon tumanidagi 23-umumta’lim maktabining “Shahrixon-23” hamda Xo‘jaobod tumanidagi 29-umumta’lim maktabining “Fugas” jamoalari bahs olib bordi. Asosiy o‘yin vaqti 0-0 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida xo‘jaobodlik futbolchi qizlar 4:3 hisobida g‘olib chiqib, musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 

Musobaqada uchinchi o‘rin Buloqboshi tumanidagi 27- umumta’lim maktabining “Yoshlar-27” jamoasiga nasib etdi. 

G‘olib va sovrindorlarni taqdirlashga bag‘ishlangan tadbirda sport vaziri Adham Ikromov g‘oliblarni muborakbod etib, kelgusida yanada ulkan yutuqlarga erishishlarini tiladi.

G‘olib va sovrindor jamoalarga kubok va esdalik sovg‘alari topshirdi.  

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (foto), O‘zA muxbirlari