Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Viloyat axborot-kutubxona markazi zamonaviy qiyofa kasb etdi
18:57 / 2021-08-30

Davlat rahbari tashabbusi bilan keyingi yillarda kitobxonlikka alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida bugun chekka-chekka qishloqlarda ham zamonaviy kutubxonalar qad rostlamoqda va kitobxonlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda.

O‘tgan yili noyar oyida Qarshi shahridagi viloyat axborot-kutubxona markazini ta’mirlash bo‘yicha ishlar boshlangan edi.

O‘tgan vaqt davomida markaz binosida umumiy qiymati 3 milliard 60 ming so‘mni tashkil etadigan qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, atrofi obodonlashtirildi.

[gallery-3677]

bugungi kunda binoda kitobxonlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Jumladan, bolalar xonasi, imkoniyati cheklangan kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish zali, nodir nashr va adabiyotlar zali, ma’naviyat xonasi, yoshlar o‘quv zali, ixtirochilar, ilmiy izlanishlar xonasi va boshqa zallar to‘liq ta’mirlanib, jihozlangan.

Ma’lumot o‘rnida, viloyatning bosh ziyo maskani hisoblangan Sayido Nasafiy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi 1943 yilda tashkil etilgan bo‘lib, ayni paytda 250 ming kitob fondiga ega.

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA