Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vikipediyada O‘zbekistonning Paralimpiya o‘yinlaridagi ishtiroki haqida maqola e’lon qilindi
09:29 / 2024-08-28

Bugun, 28 avgust kuni Parijda XVII Yozgi Paralimpiya o‘yinlarining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli sport tadbirida O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi ilk bor 65 nafar sportchi bilan ishtirok etmoqda.

Paralimpiya o‘yinlarini dunyo bo‘ylab millionlab odamlar kuzatishmoqda. O‘zbekcha Vikipediya administratori Nikolay Artemev ham bir necha oy davomida ma’lumot to‘plab, O‘zbekistonning Paralimpiya o‘yinlaridagi ishtiroki haqida maqola tayyorladi. Ushbu maqola bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_2024-yilgi_Yozgi_Paralimpiada_o%CA%BByinlarida

O‘zbekcha Vikipediyaning tajribali foydalanuvchilari rasmiy manbalardan ma’lumotlar yig‘ib, ushbu ma’lumotlar asosida maqolalar kiritib boradilar. Ularning mehnati tufayli millionlab Vikipediya foydalanuvchilari o‘zbek sportchilari, ularning yutuqlari va sport musobaqalari haqida to‘liq ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

O‘zA