Vikipediyada oʻzbek tilidagi yana bir sahifa yaratildi, bu safar Nariman Narimanov haqida
Oʻzbek tilidagi boʻlimda yozuvchi N. Narimanovning asari, falsafiy fikrlari, uning haqidagi filmlar hamda maqolalar berilgan.
2020-yilning aprelida Ozarbayjonning mashhur yozuvchisi va davlat arbobi Nariman Najaf oʻgʻli Narimanovning tugʻilgan kuniga 150-yil toʻladi. Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti taniqli yozuvchining yubileyini nishonlash toʻgʻrisidagi tegishli farmonga imzo chekdi.
Hozirgi paytda karantin sharoitida oʻzining virtual faoliyatini kengaytirayotgan Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomli Madaniyat markazi taniqli yozuvchi, dramaturg, publitsist va mashhur davlat arbobi Nariman Narimanovning 150-yilligi munosabati bilan Vikipediyada yangi loyihani ishga tushirdi. Vikipediya xalqaro elektron Ensiklopediyasida taniqli yozuvchi va davlat arbobi Nariman Narimanovga bagʻishlangan oʻzbek tilidagi maxsus boʻlim yaratildi.
Boʻlimda Nariman Narimanovning hayoti va faoliyati toʻgʻrisida batafsil va keng maʼlumot beriladi, uning shifokorlik va siyosiy faoliyati aks etadi, shuningdek, uning hayoti toʻgʻrisida qiziqarli hujjat va faktlar taqdim etilgan.
Boʻlimni tayyorlash chogʻida qator manbalar, kitoblar, ozarbayjonlik olimlar nashrlari, xususan, Gasan Gasanovning “Nariman Narimanovning milliy-davlatchilik qarashlari va faoliyati” nomli asaridan foydalanilgan.
Hujjat va manbalarga tayangan holda boʻlimda birinchi marta Nariman Narimanov va turkiylar olami, davlat arbobining ozarbayjon xalqi oldidagi xizmatlari, uning Ozarbayjonda, soʻngra Moskvada ishlagan yillari Sovet Rossiyasining Turkiston siyosatiga turli qarashlari, turkiy olami, Turkiyaning xayrixohligi va qoʻlloviga oid maʼlumotlar oʻz ifodasini topgan.
Maʼlumotlar bazasida ilk bor “Nariman Narimanovning Ozarbayjon hududiy yaxlitligi uchun kurashi” nomi ostida maxsus boʻlim yaratilgan boʻlib, unda arman millatchilarining Gʻarbiy Ozarbayjon yerlari – Irevan tumani, Zangezur, Daralayaz, Geycha, shuningdek, Togʻli Qorabogʻ, Naxichevanga asossiz daʼvolari hamda Nariman Narimanovning mazkur bosqinchilik siyosatiga qarshi kurashi haqida soʻz boradi.
Qayd etilishicha, ogʻir bolshevistik tizim sharoitida N. Narimanov Ozarbayjon hukumati huquqi cheklanganiga qaramay, hududiy yaxlitlikni saqlab qolishga uringan, bunga qisman erishgan ham.
Oʻzbek tilidagi boʻlimda yozuvchi N. Narimanovning asari, falsafiy fikrlari, uning haqidagi filmlar hamda maqolalar berilgan.
“N. Narimanovning merosini oʻrganish va xotirasini abadiylashtirish” deb nomlangan boʻlimda aytilishicha, N. Narimanov toʻgʻrisida kitob yozish, uning merosini oʻrganish “Stalin zamoni” davrida taʼqiqlangan boʻlib, har tomonlama tadqiqot ishlari 1969-yilda hokimiyat tepasiga Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev kelganidan soʻnggina amalga oshirildi, uning xotirasi abadiylashtirildi.
Qayd etish kerak, parallel ravishda ozarbayjon tilidagi boʻlimga ham yangi tayyorlangan axborot kiritilgan.
Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomli Ozarbayjon Madaniyat markazi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotga koʻra, Vikipediyada yaratilgan N. Narimanov toʻgʻrisidagi boʻlim yozuvchi va yetuk davlat arbobining 150-yilligi munosabati bilan tayyorlangan va Oʻzbekiston jamoatchiligiga, jumladan, Ozarbayjon tarixi, adabiyoti bilan qiziqqan tadqiqotchilarga qimmatbaho manba sifatida taqdim etilgan.
Boʻlim bilan quyidagi link orqali tanishish mumkin.