“Viki yodgorliklarni sevadi” xalqaro fotosuratlar tanlovida 5 mingta fotosurat yuklanishi rejalashtirilgan
Har yili o‘tkaziladigan “Viki yodgorliklarni sevadi” xalqaro fotosuratlar tanlovida O‘zbekiston ham ishtirok etadi. Ushbu tanlov madaniy meros ob’ektlariga bag‘ishlangan bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab o‘tkaziladi.
Ma’lumki, 40 dan ortiq dunyo mamlakatlari qatnashadigan mazkur tanlov 2010 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. U tarixiy inshoot va diqqatga sazovor joylarga e’tiborni qaratadi.
Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar 2023 yil 1—31-oktyabr kunlari O‘zbekistondagi madaniy meros ob’ektlarini suratga olib, “Wikimedia Commons” omborxonasiga yuklashlari lozim.
Tanlov doirasida kamida 5 mingta O‘zbekiston tarixiy obidalarning fotosurati yuklanishi hamda o‘zbek va rus tillarida 100 ta maqola yaratilishi reja qilinmoqda.
Eng yaxshi ish mualliflari sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA