Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vijdonan kurashmoq lozim
09:56 / 2025-11-05

Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan navbatdagi davra suhbatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, ichki ishlar organlari xodimlari, prokuratura va adliya tizimi mutasaddilari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etdi.

Parlament quyi palatasi spikerining o‘rinbosari, O’zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov boshqargan mazkur muloqotda davr va makon tanlamaydigan, davlat va jamiyat rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan korrupsiya holatlarining oldini olish, tizimda ochiqlik, shaffoflik va mas’uliyatni kuchaytirish, xizmat intizomini mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. 

– Korrupsiya mamlakatimiz taraqqiyotiga g‘ov bo‘ladigan katta to‘siqlardan biridir. Uning ildizini kesish uchun faqat jazolash emas, balki halollik, vijdonlilik va mas’uliyat madaniyatini har bir sohada qaror toptirish zarur, – deya qayd etdi Aktam Xaitov.

Davra suhbati davomida “Halollik vaksinasi”, “Korrupsiyasiz tizim sari” kabi targ‘ibot tashabbuslarini joylarda keng joriy etish, xodimlarning axloqiy mas’uliyati va fuqarolarga xizmat madaniyatini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Tadbir ochiq muloqot ruhida o‘tib, unda bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida tegishli sohalarda amaliy ishlarni kuchaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA