French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
VII Toshkent xalqaro marafonida 50 dan ortiq chet davlatlaridan ishtirokchilar qatnashadi
17:24 / 2025-04-10

O‘zbekiston bojxona qo‘mitasi raisi va mamlakatimiz yengil atletika federatsiyasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov boshchiligida 2025 yil davomida o‘tkaziladigan ommaviy yugurish tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan Idoralararo ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yil davomida respublika bo‘yicha o‘tkaziladigan ommaviy yugurish tadbirlariga shu jumladan, 13 aprel kuni Markaziy Osiyoning eng yirik sport tadbirlaridan biri – VII Toshkent xalqaro marafoniga tayyorgarlikning borishi Idoralararo ishchi guruh bilan muhokama qilindi.

Xususan, tadbirlar davomida tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar vakillarining mas’uliyatini oshirish, tashkiliy ishlarni hamkorlikda amalga oshirish va marafonni yuqori saviyada, kamchiliklarsiz o‘tkazish lozimligi ta’kidlandi.

Marafonning har bir bosqichida ishtirokchilarning harakat xavfsizligini ta’minlash, ularga qulay shart-sharoitlar yaratish, marafonning adolatli tarzda o‘tkazilishini ta’minlash va sanitariya punktlarini tashkil etish kabi muhim vazifalar yig‘ilishda batafsil ko‘rib chiqildi.

Ma’lumot o‘rnida: shu kunga qadar marafonda ishtirok etish uchun 9000 nafardan ortiq, shu jumladan, 51 ta davlatdan 1246 nafar xorijiy sportchi ro‘yxatdan o‘tgan.

“Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tutash yo‘llar bo‘ylab tashkil etiladigan musobaqada ishtirokchilar klassik marafon (42 km.), yarim marafon (21 km.) va 10 km. masofaga yugurish musobaqalarida o‘z kuchlarini sinab ko‘radi.

Shuningdek, 12 aprel kuni soat 8:00da poytaxtimizdagi “Magic City” bog‘ida bolalar uchun an’anaviy “Kids Run” yugurish, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun inklyuziv yugurish va 3 km. masofaga yugurish hamda shimoliy yurish bo‘yicha musobaqalar ham o‘tkaziladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA