French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
VII asrga oid ov sahnasi – surat Luvrdagi ko‘rgazma uchun ta’mirlanadi
11:27 / 2022-08-09

Xabaringiz bor, joriy yilning noyabr oyida Parijning Luvr muzeyida O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan keng miqyosli yirik ko‘rgazmaga ochiladi. Hozirda tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

Jarayonlariga ko‘ra, VII asrga oid ov sahnasi tasvirlangan mashhur devoriy suratni qayta tiklash ishlari yakunlandi.

Noyob eksponat Buxoro viloyatidagi qadimiy Varaxsha qo‘rg‘onida 1953 yilda topilgan. VII-VIII asrlarda u yerda voha hukmdorlari — Buxorxudot so‘g‘diylar sulolasining saroyi bo‘lgan.

Devoriy suratning ta’mirlash jarayonini Luvr muzeyi mutaxassisi Jeraldin Fray olib bordi. U O‘zbekistonga tashrifi mobaynida mahalliy muzey ashyolari mutaxassislari uchun qadimiy So‘g‘d mo‘yqalam suratlari bilan ishlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkazdi.

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Fransiyadan kelgan mutaxassislar bilan hamkorlikda Luvr muzeyidagi ko‘rgazmaga tayyorgarlik ko‘rish doirasida 70 ta muzey ashyolarini ta’mirlash tashabbuskori bo‘ldi.

Maftuna Karimova, O‘zA