Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
VIDEOYIGʻILISH: Ishlab chiqarishda operatsion samaradorlik va ishonchlilikni oshirish loyihasi tahlil etildi
13:40 / 2020-06-20

“Oʻzbekneftgaz” AJ ishlab chiqarish jarayonlarining operatsion samaradorligi va ishonchliligini oshirish” loyihasi boshqaruv kengashi yigʻilishi oʻtkazildi, deb xabar berdi aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati.


“Oʻzbekneftgaz” AJ ishlab chiqarish jarayonlarining operatsion samaradorligi va ishonchliligini oshirish” loyihasi boshqaruv kengashi yigʻilishi oʻtkazildi, deb xabar berdi aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati.

Yigʻilish transformatsiya va operatsion samaradorlik departamenti tomonidan “Ernst&Young” kompaniyasi maslahatchilari ishtirokida tashkil qilindi.

Mazkur loyihadan koʻzlangan asosiy maqsad ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini yaxshilash va uglevodorod xomashyosini qazib olish va qayta ishlash jarayonlarida mavjud yoʻqotishlarni bartaraf etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Unda Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Shoʻrtan neft va gaz qazish boshqarmasi, Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi, Muborak neft va gaz qazish boshqarmasi va Chinoz neftini qayta ishlash zavodlarida ishlab chiqarish jarayonlarining operatsion samaradorligi va ishonchliligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar koʻrib chiqildi.

Muhokamalar yakunida, ishlab chiqarish korxonalari rahbariyatining istiqbolli takliflarini inobatga olib, “Ernst&Young” kompaniyasi maslahatchisi tavsiyalarini joriy qilish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.

“Ernst&Young” kompaniyasi maslahatchisi tahlillariga koʻra, birlamchi chora-tadbirlar ijrosidan koʻzlangan samaradorlik 400 milliard soʻmdan ortiqni tashkil etishi kutilmoqda.

“Oʻzbekneftgaz” AJ ishlab chiqarish maydonlarida loyiha ijrosi davom etmoqda.