Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Videoselektordagi topshiriqlar ijrosi amalda
16:50 / 2023-04-14

Prezidentimiz raisligida joriy yilning 11 aprel kuni “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini yuksaltirish” maqsadida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mutasaddilarga bir qator topshiriqlar berildi.

Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev ushbu videoselektor yig‘ilishida Davlatimiz rahbari tomonidan yuklatilgan topshiriqlar ijrosidan kelib chiqib, Jizzax shahridagi o‘ziga biriktirilgan 1-sektor hududida yashovchi yoshlar hamda ularning ota-onalari bilan uchrashdi.  

Mazkur videoselektor yig‘ilishi davomida har bir hududdagi alohida e’tiborga, ijtimoiy-moddiy jihatdan davlatning yordamiga muhtoj bo‘lgan yoshlar ro‘yxatini shakllantirish va ularni viloyat, tuman, shahar hokimlariga shuningdek, sektor rahbarlari va tashkilot rahbarlariga biriktirish, muammolari yechimini izlash, g‘amxo‘rlik qilish va doimiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutasaddilar zimmasiga aniq topshiriq va vazifalar yuklatilgandi.  

Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan ish bilan ta’minlash, uy joy, bank imtiyozli krediti hamda subsidiya mablag‘lari muammosi, yer ajratish va boshqa shu kabi masalalar yuzasidan murojaatlar bo‘ldi.    

Ko‘tarilgan har bir muammo ijobiy hal etilishi borasida viloyat hokimi tomonidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Ijrosi viloyat hokimi nazoratiga olindi.  

Jizzax viloyatining boshqa sektorlarida ham yoshlar va sektor rahbarlarining uchrashuvlarini tashkil etish belgilangan.  

A.QAYUMOV,  

J.YORBEKOV (surat), O‘zA