Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Videoselektor yig‘ilishida tabiiy gaz qazib chiqarish va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish holati tanqidiy muhokama qilindi
16:12 / 2021-08-10

Joriy yilning 9 avgust kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev iste’molchilarni neft va gaz resurslari bilan barqaror ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi va ushbu yig‘ilishda tabiiy gaz qazib olish, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish bo‘yicha erishilgan natijalar tanqidiy muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari tomonidan “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev oldiga tabiiy gaz qazib chiqarilishi va suyultirilgan ishlab chiqarilishi borasida bir qator topshiriqlar berildi.

Ushbu topshiriqlarni ijrosini ta’minlash borasida boshqaruv raisi boshchiligida, boshqaruv raisi o‘rinbosarlari, departament va mustaqil bo‘lim boshliqlari, boshqarmalar hamda zavodlar rahbarlari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda texnik va ma’nan eskirganiga ancha muddat bo‘lgan texnologiya yordamida tabiiy gaz konlari, quduqlari burg‘ilanib, kapital ta’mirdan chiqarilayotgan bo‘lsa-da, ishni to‘g‘ri tashkil qilib natijaga erishish mumkinligi ta’kidlandi.

Texnikalarni yangilash borasida barcha choralar ko‘rilayotgani yaqin yillar ichida bu borada o‘ziga xos muvaffaqiyatga erishish mumkinligi, buning uchun “Yo‘l xaritasi” tuzilganini bildirib o‘tdi.

Boshqaruv raisi transformatsiya jarayoni orqada qolayotgani, tizimni bugun o‘zgartirmaslik ertaga yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligini misollar bilan keltirdi.

Shuningdek, tabiiy gaz qazib chiqarilishi va belgilangan ko‘rsatkichlarni bajarilishi keskin tanqid qilindi va yil oxiriga qadar rejalashtirilgan natijaga erishilmasa tegishli mutasaddilarni lavozimidan olinishi ma’lum qilindi.

Komplayens nazorat bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar belgilab olindi va nazorat qilinayotgan noto‘g‘ri va noqonuniy ishlarni oldini olish maqsadida tashkil etilishi, kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun tashkil etilishi bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Davlat rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi keng muhokama qilinar ekan, boshqaruv raisi tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini oshirish uchun avvalo burg‘ilash ishlarini kechiktirmasdan, belgilangan muddatda ijro etish, kapital ta’mirlash jarayonida har bir ishni puxta darajada amalga oshirish, har bir hudud bo‘yicha ma’lumotlar to‘plab, kunlik monitoring ishlarini olib borish kerakligi belgilandi.

Shuningdek, qish mavsumiga bugundan tayyorgarlik ko‘rish, o‘tgan yilda sovuq ob-havo harorati kutilganidan ancha oldin boshlanganini yoddan chiqarmagan holda, aynan bugundan barcha choralarni ko‘rish lozimligi aytildi.

“O‘zneftgaz burg‘ilash ishlari” MCHJ rahbari Ulfat Amonovga burg‘ilash ishlarini sovuq kunlar kelguniga qadar yakunlash, ishchi-xodimlarning yashash va ishlashlari uchun barcha zarur choralarni ko‘rish kerakligi bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Boshqaruv raisi tabiiy gaz qazib chiqarilishi yo‘lida yangi bosqich boshlanganini ma’lum qilib, 2022–2026 yillar uchun alohida dastur ishlab chiqilishini va ushbu Dasturda 200 ta yangi quduqlarni qazish uchun nuqtalar belgilab olish kerakligini ma’lum qildi.

Sohada raqamlashtirish va axborotlashtirish ishlarini kengroq joriy qilgan holda, xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, kerak bo‘lsa xorijlik mutaxassislarni ishga jalb qilish masalasini muhokamaga qo‘ydi.

Geologiya, qazib chiqarish yo‘nalishlarida xorijlik mutaxassislarning tajribalaridan foydalanish bo‘yicha tegishli departament rahbarlariga aniq muddat bilan topshiriq berildi.

M.Ablullayev “O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi har bir departament va mustaqil bo‘limlarning faoliyatini belgilovchi reyting bo‘lishini aytib, har rahbarning ish uslubi va ish unumdorligi ham baholab borilishini ta’kidladi.

Ushbu yig‘ilish davomida xaridlar masalasi ham tanqidiy muhokama etilib, avvalo tizimda shaffoflikka to‘liq erishish va xaridlar masalasida amaldagi qonun hujjatlariga to‘liq rioya etilishi shart ekanligi aytib o‘tildi.

Yig‘ilish so‘nggida 2021 yilning ikkinchi yarim yilligida belgilangan ko‘rsatkichlarni bajarilishi, yillik 34.1 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib chiqarish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar va topshiriqlar berildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati