Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Videokuzatuv kamerasi orqali jinoyat fosh etildi
12:38 / 2020-12-14

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, joriy yilning 7 dekabr kuni Romitan tumani ichki ishlar bo‘limiga, tumanning A.Navoiy mahallasi Do‘stlik ko‘chasida istiqomat qiluvchi, 1981 yilda tug‘ilgan “Ravshan Nafisa Aziza” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari fuqaro R.X. ariza orqali murojat qiladi.

Murojaatchi joriy yilning 6 dekabrdan 7 dekabrga o‘tar kechasi, noma’lum shaxs u rahbarlik qilayotgan jamiyatga qarashli, tuman markazidagi Bahoriston ko‘chasida joylashgan savdo do‘koniga eshik oynalarini sindirgan holda g‘ayriqonuniy ravishda kirib, savdo do‘konidan jami bahosi 60 million so‘mlik 30 dona “Samsung”, “Redmi” va “Artel” rusumli telefon apparatlarini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

Murojaat asosida hodisa sodir bo‘lgan joyga chiqqan tuman ichki ishlar bo‘limi tergov tezkor guruhi tomonidan kechiktirib bo‘lmas tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib boriladi.  

Aniqlanishicha, savdo do‘konida videokuzatuv kameralari o‘rnatilgan bo‘lib, ushbu jinoyat 7 dekabr kuni soat 01:30 larda, 20-25 yoshlar atrofidagi erkak jinsiga mansub shaxs tomonidan sodir qilinganligi kamera xotirasiga yozib olingan.

Videokuzatuv moslamasining xotirasida yozib qolingan videotasvir va boshqa dalillar yuzasidan olib borilgan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida, ushbu o‘g‘irlik jinoyatini Romitan tumani Yangihayot ko‘chasida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan, yakka tartibda ishlovchi fuqaro R.N. sodir qilganligi aniqlanadi. Natijada ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olinadi.

Hozirgi kunda tuman ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro R.N. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Zarif Komilov,  O‘zA