Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Videokamera nigohida – toshbaqalar!
14:41 / 2020-06-14

Avstraliyada Reyn oroli tomon suzib kelayotgan minglab toshbaqalar video tasvirga olindi.


Avstraliyada Reyn oroli tomon suzib kelayotgan minglab toshbaqalar video tasvirga olindi. Reyn oroli uzra harakatlangan dronlar yordamida qoʻlga kiritilgan ushbu video mahsulotni qitʼa-mamlakatning Kvinslend shtati Atrof-muhit va fan departamenti tadqiqotchilari taqdim etishdi.

Avstraliya materigidan shimoli-gʻarbda joylashgan, yashil toshbaqalarning yer yuzidagi eng yirik koloniyasi makon topgan Ulkan Toʻsiqli rifning aynan shu qismida jonivorlar koʻpayish maqsadida toʻplanishadi.