Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
VI Toshkent xalqaro marafoni oldidan tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi
12:27 / 2024-02-20

Joriy yilning 21 aprel kuni poytaxtimizda VI Toshkent xalqaro marafoni o‘tkaziladi. Marafon O‘zbekiston sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, “O‘zbekneftgaz” AJ, Toshkent shahar hokimligi, Yengil atletika federatsiyasi va boshqa bir qator tashkilotlar tomonidan tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasida mazkur ommaviy musobaqaga tayyorgarlikning borishi bo‘yicha tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tayyorgarlik jarayoni, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ishtirokchilarning ro‘yxatdan o‘tishi va musobaqani OAVda yoritish masalalari ko‘rib chiqildi.  

Ma’lumot uchun, Toshkent marafoni O‘zbekistonda “World Athletics Label” maqomiga ega bo‘lgan yagona, xalqaro miqyosdagi sport tadbiri bo‘lib hisoblanadi. Shuningdek, ushbu marafon dasturidan 42 km klassik marafon masofasi, 21 km yarim marafon masofasi va 3 hamda 10 km masofalar kiritilgan. Marafon arafasida “Kids Run” ommaviy yugurish musobaqasi va shimolcha yurish bo‘yicha musobaqalarning o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, marafonning mukofot fondi 720 million so‘mni tashkil qilmoqda.  

Ilk marotaba asosiy mukofotlardan tashqari, trassa bo‘yicha rekord uchun erkaklar va ayollar orasida qo‘shimcha bonuslar taqdim etiladi. Ta’kidlash joizki, marafonning mukofot fondi asosiy byudjeti slotlarni sotish hisobiga shakllantiriladi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA