Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
VI "BRIKS" o‘yinlarining ilk kunida 6 ta medal qo‘lga kiritildi
10:00 / 2024-06-14

Mamlakatimiz sportchilari Rossiyaning Qozon shahrida boshlangan “BRIKS” sport o‘yinlarining ilk kunida 6 ta medalni qo‘lga kiritdi.

90 ga yaqin davlatning 4 ming 500 nafardan ziyod sportchilari ishtirok etayotgan VI "BRIKS" o‘yinlarining sambo va sinxron suzish musobaqalarida mamlakatimiz sportchilari munosib natijalarga erishdi.   

Sambochilarimizdan -71 kilogrammda Ubaydullo Mo‘minov oltin, -64 kilogrammda Sardor Olimjonov kumush, -59 kilogramm vazn toifasida Mushtariy Jarkova, -58 kilogrammda Ilhom Farmonov, -79 kilo og‘irlikda Shuhrat Normurodov bronza medallariga sazovor bo‘ldi.   

Shuningdek, sport gimnastikasi musobaqalarida ishtirok etgan hamyurtlarimizdan  Soliha Tursunboyeva 5-o‘rin, Jasmina Mahmudova 6- o‘rin bilan kifoyalandi.   

VI "BRIKS" o‘yinlarining ortda qolgan ilk kunida yurtimiz sportchilari umumiy hisobda 6 ta medalga ega chiqqan bo‘lsa, shundan 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medali sambochilarimizga, 1 ta bronza medali sinxron suzuvchilarimizga tegishli bo‘ldi.   

Umumjamoa hisobida birinchi kungi bellashuvlar sarhisobiga ko‘ra,  Rossiya Federatsiyasi 5 ta oltin, 3 ta kumush, 1 ta bronza medali bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, Belarus sport delegatsiyasi 3 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza hisobiga 2-o‘rinda bormoqda. O‘zbekiston sport delegatsiyasi 1 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan kuchli uchlikka yakun yasagan.   

Bugun, 14 iyun kuni sambo, ushu, sport gimnastikasi, sinxron suzish, stol tennisi, karate kabi sport turlarida medallar uchun bellashuvlar o‘tkazilsa, badminton va tennis musobaqalarida saralash bahslari tashkil etiladi.   

Eslatib o‘tamiz, VI "BRIKS" o‘yinlarida 90 ga yaqin davlatning mahoratli sportchilari 27 ta sport turining 387 ta medallar jamlanmasi uchun bellashmoqda.   

T.Ro‘ziyev, O‘zA