Veyvletlarga asoslanib retinal tasvirlarda retinopatiya kasalligini aniqlash
Tohir Quronbayevich O‘RAZMATOV katta o‘qituvchi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali Xorazm, O‘zbekiston tohir20314@gmail.com
Annotatsiya
Maqolada taklif etilayotgan usul ko‘zdagi retinopatiya kasalligini aniqlashda Haar veyvletlari asosida qayta ishlangan tasvir ma’lumotlari xulosa daraxti va ResNet yordamida sinflashtirilgan. Hozirgi davrgacha bunday tasniflovchi tizimlar ustida juda ko‘plab izlanishlar olib borilmoqda, lekin gap inson salomatligi haqida ketar ekan, bu tizimlarni yanada takomillashtirish va aniqlikni yanada oshirish talab qilinadi. Shu munosabat bilan izlanish olib borish uchun fundus tasvirlari ochiq ma’lumotlar manbaidan yuklab olindi. Olib borilgan izlanishlarda aniqlik ResNet bilan 86%, xulosa daraxti bilan 78% ni tashkil qildi.
Tayanch so’zlar: diabetik retinopatiya, xulosa daraxti, ResNet, Haar veyvlet.