English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Veyping" inson yuragiga qanday ta’sir qiladi? (+video)
18:42 / 2024-04-16

Yangi tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, elektron sigaretalarni chekkan odamlarda ulardan umuman foydalanmaganlarga qaraganda yurak yetishmovchiligiga chalinish ehtimoli 19 foizga ko‘pdir.

Yurak yetishmovchiligi – yurakning zarur miqdordagi qon va kislorodni organlar va to‘qimalarga yetkazib bera olmasligi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda O‘zbekiston SSV tomonidan bir qator tamaki va nikotin mahsulotlari, elektron sigaretalar va tamaki isitish tizimlarining muomalasiga taqiq joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi e’lon qilingan edi.

SSV tomonidan ishlab qonun loyihasiga ko‘ra, O‘zbekistonda elektron sigaretalar va tamakini qizdirish tizimlarini (IQOS) muomalasini taqiqlash ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, ushbu mahsulotlar muomalasini taqiqlash bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanmoqda. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/M23mTM3riho" title="“Veyping” inson yuragiga qanday taʼsir qiladi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Hujjatda aytilishicha, maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari orasida elektron sigaretalarga qiziqish tez sur’atlarda ortmoqda, xususan, 26,6 ming o‘g‘il bolalar va 8,6 ming qiz bolalar chekishga moyil. 

Maktab va jamoat joylarida o‘tkazilgan reydlarda o‘quvchilardan olingan elektron sigaretalar soni yildan yilga tobora oshib bormoqda. 2019-yilda 6 ta holat, 2020-yilda – 27 ta, 2021-yilda – 31 ta, 2022-yilda - 856 ta, 2023-yilda – 1040 ta aniqlangan. 

Agar zarur choralar ko‘rilmasa, kelgusida yosh avlodning har beshinchisi (20 foiz) nikotinga qaramlikdan aziyat chekadi.

M.Turdaliyeva, U.To‘xtayev (video), O‘zA