Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vetnamlik hamkorlar "Elbek TRJ" korxonasidan 5 million dollarlik ipak mahsulotlarini sotib oladi
11:57 / 2023-05-26

Vetnam pillachilik sohasi tadbirkorlari Samarqand viloyati pillachilik salohiyati bilan tanishdi.

Jumladan, ular Samarqand viloyatidagi Pastdarg‘om tumanida joylashgan pilla xomashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan "Elbek TRJ" korxonasi pillachilik klasteri faoliyatini o‘rgandi.  

Mehmonlarga bir qancha mahalliy ipak mahsulotlari hamda korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati, imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.  

Vetnamliklar korxona ipak mahsulotlarining turlari va sifatiga qiziqish bildirdi hamda 5 million dollarlik ipak mahsulotlarini sotib olishga kelishib olindi.  

 

Gulnoza Boboyeva,  

O‘zA