Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vetnamda to‘fon o‘nlab odamlar hayotiga zomin bo‘ldi
17:55 / 2024-09-09

Bu yil Osiyoning eng kuchli bo‘roni – “Yagi” to‘foni Vetnam shimolida o‘nlab odamlarni halok qildi, infratuzilmaga jiddiy zarar yetkazdi.

Hukumat bugun taqdim etgan hisobotga ko‘ra, to‘fon ortidan yuzaga kelgan sabab ko‘chki va suv toshqini oqibatida 35 kishi halok bo‘lgan, 24 kishi yo‘qolgan.

Vetnamning ko‘plab mahalliy va xorijiy kompaniyalar, yirik ishlab chiqarish korxonalari joylashgan shimoliy-sharqiy qirg‘og‘iga shanba kuni kirib kelgan tabiiy ofat millionlab uy, xo‘jalik va ishxonalarni elektr tokidan uzdi, telekommunikatsiya tarmog‘ini buzdi, magistral yo‘llarni suv bilan bostirdi.

Futxo muzofotida asosiy ko‘prik, yuzlab daraxtlar quladi. Sanoat markazlari faoliyati to‘xtadi.

Ikki million kishi istiqomat qiladigan qirg‘oq shahri – Xayfondagi sanoat parklari, fabrikalar menejerlari va ishchilari dushanba kuni haddan ziyod kuch sarflanayotgani, metall tomi uchib ketgan zavodda uskunalarni yomg‘irdan saqlab qolish uchun kurashayotganliklarini aytgan.

Mamlakat meteorologiya agentligi hisobotida so‘nggi 24 soat ichida yog‘in miqdori 433 millimetrga yetgani ta’kidlanib, aholi yangi suv toshqini va ko‘chkidan ogohlantirilgan.