English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasida elchi bilan uchrashuv bo‘ldi
18:00 / 2021-01-22

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov yurtimizning Fransiyadagi elchisi Sardor Rustambayev bilan uchrashdi.

Muloqot davomida Fransiya taraqqiyot agentligining (FTA) moliyaviy-texnik ko‘magi yordamida 2021-2025 yillarda Orolbo‘yi mintaqasidagi loyihalarni moliyalashtirish, O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish uchun umumiy qiymati 100 mln. yevro mablag‘ yo‘naltirish, “Jen Defyujen” kompaniyasi bilan hamkorlikda qoramollarni sun’iy urug‘lantirishda samaradorlikni oshirish, echkilik, qo‘ychilikni rivojlantirishda fransuz tajribasini tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.

Qoramollarni sun’iy urug‘lantirishda qo‘mita mutaxassislari va “Jen Defyujen” xodimlaridan iborat ishchi guruh tashkil qilishga kelishildi.

Muhokamalar chog‘ida Fransiya quyonchilik va uning seleksiya genetikasini rivojlantirish bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinda ekanligi bois, go‘sht yo‘nalishiga ixtisoslashgan “Hypharm” va “Hycole” kabi yirik kompaniyalar bilan quyonchilik seleksiyasi yo‘nalishida tajriba almashish va sohaga doir “nou-xau” texnologiyalarini O‘zbekistonda tatbiq etish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Fransiyadan zotdor mayda shoxli mollar olib kelish, epidemiologik vaziyat yaxshilangandan keyin ikki yirik kompaniya ekspertlarini yurtimizga taklif qilishga kelishildi.

Veterinariya va chorvachilikni

rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Axborot xizmati