Veterinariya qo‘mitasi: yolg‘on xabar egasi ogohlantirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda ayol kishining qoramollarda yuqumli kasallik tarqalgani tufayli go‘sht sotib olmaslikka chorlovchi audioxabari tarqalgan edi.
Holat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan tegishli idoralar bilan hamkorlikda o‘rganildi. Shunga ko‘ra, mazkur audioxabarni Farg‘ona viloyati Buvayda tumani yashovchi F.T. tarqatgani ma’lum bo‘ldi.
O‘rganishlar natijasida tumanda qoramollar orasida yuqumli kasallik kelib chiqmagani, olti oy davomida chorva mollarida kasallik qayd etilmagani aniqlandi.
Fuqaro F.T.ga yolg‘on xabar berish, vahima uyg‘otuvchi asoslanmagan ma’lumot tarqatish uchun qonunchilikda jiddiy jazo borligi tushuntirildi. Mutasaddi idoralar tomonidan ogohlantirildi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA