Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Vertikal fermerlik” O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi talablariga javob beradi
15:45 / 2020-01-23

Elchi Dilyor Hakimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Niderlandiyaning “Plantlab” kompaniyasiga tashrif buyurdi.


Elchi Dilyor Hakimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Niderlandiyaning “Plantlab” kompaniyasiga tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ul xodimlari ham bor edi. 

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur tashrifdan maqsad qishloq xo‘jaligi sohasi yuksak rivojlangan niderlandlar yurti ilg‘or tajribasini o‘zlashtirishdan iborat. “Vertikal fermerlik” sohasida jahonda yetakchilardan biri bo‘lgan mazkur korxona rahbariyati bilan uchrashuv davomida investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlaridagi loyihalarni amalga oshirish istiqboli muhokama qilindi, aniq kelishuvlarga erishildi.

Masalan, “Plantlab” kompaniyasi texnologiyalari asosida, deyarli barcha turdagi o‘simliklar, jumladan, gul, meva-sabzavot mahsulotlarini izolyatsiya sharoitida, ya’ni quyosh nuri va tuproqsiz, suvni 90 foiz tejagan holda yetishtirish taklifi O‘zbekiston uchun juda qiziq. Ma’lum bo‘lishicha, bunda hosildorlik ochiq dala yoki issiqxonaga nisbatan bir necha o‘n baravar ko‘p bo‘ladi.

Masalaning delegatsiya a’zolari e’tiborini tortgan yana bir jihati, “Plantlab” faoliyati ilg‘or zamonaviy texnologiyalarga asoslangan. Qolaversa, sug‘orish resurslari yetishmovchiligi borgan sari dolzarb bo‘layotgan bir paytda suvni tejovchi texnologiyalar juda muhim.

Muloqot natijasida niderlandlar tomoni O‘zbekistonda mazkur loyihani ma’qullaydigan mahalliy sherik bo‘lsa, investor sifatida hamkorlik o‘rnatishga tayyorligini bildirdi.