Vengriyalik mehmonlar Buxoroda
Vengriya Milliy assambleyasi raisi o‘rinbosari Ishtvan Yakab boshchiligidagi delegatsiya ko‘hna va boqiy Buxoroda bo‘ldi.
Mehmonlarni Buxoro temir yo‘l vokzalida viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Botirjon Shaxriyorov kutib oldi.
Mehmonlar Buxoroнинг diqqatga sazovor joylari va tarixiy obidalari bo‘ylab sayohatda bo‘ldi. Milliy hunarmandchilik namunalarini tomosha qildi.
– Buxoro zaminida nafaqat rasmiy martabali hukumat vakillari balki, yurtdoshlarim borligi meni quvontirdi. Qadim Buxoroni e’tirof qilishi meni yanada bu yurtga mehrimni oshirdi, – deydi delegatsiya vakillaridan biri.
[gallery-25220]
Delegatsiya a’zolarining Buxoro bo‘ylab sayohati davom etmoqda.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/Sn-YLD_PiXE?si=MFvYrEfzblNJVo49" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Zarif Komilov,
Tohirjon Istatov (foto), O‘zA