English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vengriyada XVIII asrdan beri o‘zgarmagan qishloq bor
18:21 / 2022-10-03

Quyida Vengriya haqidagi yanada qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Vengriya 896 yil tashkil topgan bo‘lib, Yevropaning eng qadimiy davlatlaridan biri sanaladi. Karpat havzasida 93030 kvadrat/kilometrga yoyzilgan, shimolda Slovakiya, shimoli-sharqda Ukraina, shimoli-g‘arbda Avstriya, sharqda Ruminiya, janubda Serbiya, janubi-g‘arbda Xorvatiya, g‘arbda Sloveniya bilan chegaradosh. Vengriya aholisi 10 millionga yaqinlashdi. Poytaxti va eng yirik shahri - Budapesht. 

Bu mamlakat bir muddat Avstriya-Vengriyaning bir qismi ham edi. Vengriya juda jozibador o‘lka. Ayniqsa, Budapeshtga tashrif buyurganlar ushbu mehmondo‘st joyga qanday qilib abadiy ko‘chib o‘tish haqida o‘ylashadi, degan fikrlar yuradi.

Vengriyaning chuchuk suvli, Markaziy Yevropadagi eng yirik Balaton ko‘li ham sayyohlar orasida mashhur. Bu ko‘l ba’zan "Vengriya dengizi", deb ham ataladi. Mazkur hududda yarim mingdan ortiq termal buloq mavjud, shu bois sog‘lomlashtirish markazlari talay.

Xortobad milliy bog‘ining eng diqqatga sazovor joyi – mamlakatdagi eng uzun To‘qqiz ark ko‘prigi 167 metr.

Vengrlar Tinchlik mukofotidan tashqari barcha yo‘nalishlar bo‘yicha Nobel mukofotini olgan. Bu aholi jon boshiga hisoblaganda dunyoda eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri.

Sharikli ruchkani aynan vengrlar ixtiro qilgan, yer yuzidagi eng ommabop boshqotirma - Rubik kubiklarini shu yurt fuqarosi o‘ylab topgan. Vengriya kashfiyotchilari orasida asosiy dasturlash tili va golografiya mualliflari ham bor.

Odatda biror davlat yoki millat haqida so‘z yuritilganda, albatta, milliy taomlarga to‘xtalib o‘tiladi. Vengriyaning an’anaviy taomi  - gulash. Deyarli, barcha vengr taomlariga qo‘shiladigan asosiy ziravor - paprika.

Yana bir qiziq ma’lumot: Vengriyadagi “Xerend” zavodining qo‘lda ishlangan hashamatli chinni mahsulotlaridan qirollik oilalari va butun dunyo boylari foydalanadi.

Vengriyada qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) stavkasi dunyoda eng yuqori - 27 foiz etib belgilangan.

Budapesht metrosi London metrosidan keyin ikkinchi bo‘lib barpo etilgan - Vengriya poytaxtida 1896 yil, davlatning ming yillik yubileyida ilk bor poyezdlar yer ostida harakatlana boshlagan.

Vengr tili - o‘rganish eng qiyin zamonaviy tillardan biri.Ba’zi so‘zlari ruschaga o‘xshash tovushga ega, ammo ma’no jihatidan keskin farq qiladi. Masalan, "hovuz" so‘zini ishlatmagan yaxshi, chunki vengr tilida bu “odobsiz” ma’nosini anglatadi. "Salom" va "xayr" xil eshitiladi.

Vengriyada grechka faqat qushlar uchun ozuqa sifatida ishlatiladi, shuning uchun supermarketda emas, balki chorva do‘konida sotiladi.

Darvoqe, Budapeshtga borgan kishi Yevropadagi eng uzun - qariyb 54 metrlik tramvayni ko‘radi. Poytaxtda nafaqat Budapesht ko‘chalari, balki Dunay daryosi bo‘ylab suzib yuruvchi “amfibiya-turist”lar avtobusi ham bor.

Sog‘liqni saqlash tizimi yaxshi rivojlanganiga qaramay, Yevropa mamlakatlari orasida saraton kasalligidan o‘lim soni bo‘yicha Vengriya, afsuski, hozirgi kunda yetakchilik qilmoqda.

Statistik ma’lumotga ko‘ra, o‘rtacha har bir vengr haftasiga, deyarli, bir yarim kilo yog‘ iste’mol qiladi. Shundan kelib chiqib, yog‘ iste’moli bo‘yicha Vengriya dunyoda birinchi o‘rinda turadi.

Budapeshtda joylashgan Yevropadagi eng yirik sinagoga bir vaqtning o‘zida 3000 ga yaqin kishini sig‘dira oladi.

Poytaxtdan 90 kilometrda joylashgan Xollokyo qishlog‘i ham 450 kishiga mo‘ljallangan uy, ham ochiq osmon ostidagi etnografik muzey ekanligi bilan ajralib turadi. Qishloq XVIII asrdan beri, deyarli, o‘zgarmagan.

Vengriya Sharqiy Yevropadagi qishloq xo‘jaligi eng rivojlangan mamlakatlardan biri. Mamlakat hududining 70 foizga yaqini qishloq xo‘jaligi yerlaridan iborat. Ta’kidlash joiz, 2008 yil inqirozidan oldin mamlakat "yosh" Yevropa Ittifoqi a’zolari orasida iqtisodiy rivojlanishning eng yaxshi ko‘rsatkichlaridan birini qayd etdi va 2014 yilga kelib yana yetakchi o‘rinni egalladi.

Hozir Vengriya iqtisodiyoti, asosan, mashinasozlik asosiga qurilgan. Nisbatan arzon ishchi kuchi mavjud, shuning uchun ko‘plab global xoldinglar Vengriyada kuchli avtomobil zavodlari qurishga tayyor. Masalan, Raba, Suzuki, Mercedes va boshqa brendlar.

Vengriya va O‘zbekiston o‘rtasida samarali hamkorlik o‘rnatilgan.

Ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro mahsulot yetkazib berishni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, baliqchilik, kartoshkachilik va boshqa sohalarda aniq loyihalar bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. 

Prezidentimizning Vengriyaga tashrifi joriy yil 30 yilligi nishonlanadigan ikki tomonlama munosabatni yangi bosqichga olib chiqishi, hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini ochishga poydevor bo‘lishi kutilmoqda. 

O‘zA muxbiri Go‘zal Sattorova

internet materiallari asosida tayyorladi.