Vengriyada koronavirusga qarshi emlaganlarga imtiyozlar berilmoqda
Vengriyada bugundan boshlab koronavirusga qarshi emlanganlarning ochiq havodagi kafe va restoranlarga vaksinatsiya pasportini ko‘rsatgan holda kirishiga ruxsat berildi.
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban “Kossuth Radio”ga bergan intervyusida buni ma’lumot bergan. Dushanbadan boshlab vaksina olgan kishilar tegishli hujjatni ko‘rsatgan holda jamoat joylari bo‘lishi, kinoteatr va kutubxona kabilarga borishi mumkin bo‘ladi.