Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vengriya universiteti rektori mamlakatimizda
18:50 / 2021-10-12

Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova Vengriyaning Obuda universiteti rektori Levente Kovach bilan uchrashdi.

Uchrashuv doirasida tomonlar ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Vengriyaning «ilmiy park»lar tashkil etish tajribasi hamda ilm-fan, ta’lim va sanoatning integratsiyalashuv tizimi katta qiziqish uyg‘otdi. 

Shu bilan birga, L.Kovach Innovatsion rivojlanish vazirligi vakillarini universitetga taklif qilib, o‘zaro fikr-mulohaza va tajriba almashish borasida muhokama va tadbirlar o‘tkazishni taklif qildi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, Obuda universiteti Vengriyaning eng yirik universitetlaridan biri bo‘lib, undan 13 ming nafarga yaqin talaba tahsil oladi. Universitetni muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilar xalqaro darajada tan olinadigan diplom bilan taqdirlanadi. Universitet o‘qituvchilarining 40 foizdan ko‘pi ilmiy unvonga ega malakali pedagoglardir.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA