Vengriya Yevrosiyo davlatlari bilan iqtisodiy va diplomatik aloqani yaxshilashga intilib, Shanxay hamkorlik tashkilotidagi ishtirokini kuchaytirmoqda.
Yevropaning ushbu mamlakati Tashqi ishlar vazirligi xabar berishicha, Budapesht SHHTni energetika, transport, raqamli texnologiya va ta’lim sohalarida hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim platforma sifatida ko‘rmoqda. Bu qiziqish mamlakatga tuzilmaning ko‘p tomonlama, jumladan infratuzilma, savdo sohalaridagi loyihalari va forumlariga kirish imkonini beradi. Hukumat SHHT bilan o‘zaro hamkorlik tashqi iqtisodiy aloqani diversifikatsiya qilib, an’anaviy bozorlarga qaramlikni kamaytirishiga ishonmoqda.
Mutaxassislar fikricha, Vengriya Xitoy, Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqani mustahkamlash, boshqacha aytganda “Sharqqa yo‘l ochish” siyosatidan faol foydalanyapti. Xususan, energiya xavfsizligi, masalan, uglevodorod yetkazib berish va yashil texnologiyani rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalar muhokama qilinmoqda. Diplomatlar SHHT bilan pragmatik xususiyat kasb etgan hamkorlik o‘zaro manfaatga yo‘naltirilganini ta’kidlayapti. Binobarin, ayrim kuzatuvchilar qayd etishicha, Budapeshtning bunday faoliyati Rossiya va Xitoy bilan munosabati noziklashayotgan YeI ichida ziddiyat keltirib chiqarishi ehtimoli kuchli.
G.Sattorova, O‘zA