Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vengriya Rossiya bilan gaz ta’minoti bo‘yicha yangi muzokaralar boshladi
11:53 / 2022-07-22

Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto Rossiyadan mamlakatga gaz yetkazib berish bo‘yicha Moskva bilan yangi muzokaralar boshlanganini ma’lum qildi.

"TASS" xabarida vazirning "Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak bilan energetika bo‘yicha muzokaralar boshlandi. Vaziyatlarga qaramay, biz Vengriyada ta’minot xavfsizligini ta’minlashimiz kerak. Shunda har bir vengriyalik, har bir venger oilasi va har bir Vengriya biznesi uchun tabiiy gaz yetarli bo‘ladi", degan nutqi iqtibos qilib keltirilgan.  

Avvalroq Siyarto rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan muzokaralar chog‘ida  Vengriya Rossiyadan qo‘shimcha 700 million kub metr gaz sotib olmoqchi ekanligini ma’lum qilgan edi.  

Qayd etilishicha, iyul oyida Rossiya Vengriyaga neft yetkazib berishni keskin oshirgan. 1 iyuldan 14 iyulgacha Rossiya neftining MDHdan tashqari mamlakatlarga eksporti 0,9 foizga qisqargan bo‘lsa,  Vengriyaga quvur orqali neft yetkazib berish  41 foizga oshgan.