English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vengriya Putin va Tramp uchrashuviga tayyorlanyapti (+video)
16:23 / 2025-10-20

Bosh vazir Viktor Orban Vengriya AQSH va Rossiya yetakchilari sammiti, ya’ni Prezidentlar Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvini Budapeshtda o‘tkazishga tayyorligini ta’kidladi. U Tramp e’lon qilgan muzokaraga ijtimoiy tarmoq orqali munosabat bildirarkan, o‘z yurtini “Tinchlik oroli” deb atadi.

– AQSH va Rossiya o‘rtasida tinchlik sammitiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, –dedi Bosh vazir. – Vengriya bu voqea uchun “Tinchlik oroli” bo‘lishga tayyor. Prezidentlarning rejalashtirilgan bu uchrashuvi butun dunyodagi tinchliksevar insonlar uchun juda yaxshi yangilik. Biz kutib olishga tayyormiz!

Tramp Putin bilan uchrashuv haqida payshanba kuni so‘z ochdi, biroq hali aniq sana belgilanmagan. E’lon juma kuni AQSH Prezidentining Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan Vashingtondagi uchrashuvidan bir kun avval yangradi.

Kutilayotgan uchrashuv Tramp va Putinning ikkinchi bevosita muloqoti bo‘ladi. Ular shu yil 15 avgust kuni Alyaskada birinchi marta yuzma-yuz suhbatlashgan. 

O‘sha sammitdan so‘ng AQSH va Rossiya yetakchilari o‘rtasidagi munosabat biroz sovidi. Tramp RF yetakchisini Ukrainaga qarshi harbiy harakatni to‘xtatmayotgani uchun keskin tanqid qila boshladi. Qolaversa, Vashington va Kiyev muloqoti sezilarli darajada yaxshilangani ham kuzatilyapti.

Siyosatchilar fikricha, ikki yirik davlat yetakchilarining navbatdagi uchrashuvi qanday natija berishi haqida oldindan biror nima deyish mushkul.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/T80BB6wfeWo" title="Vengriya Putin va Tramp uchrashuviga tayyorlanyapti" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA