Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vengriya parlamenti Shvetsiyaning NATOga kirishi hujjatini tasdiqlaydimi?
09:50 / 2023-07-28

Vengriya parlamentida 31 iyul kuni navbatdan tashqari o‘tkaziladgan yig‘ilishda muxolifatchi deputatlar Shvetsiyaning NATOga kirishi masalasini kun tartibiga kiritish bo‘yicha taklif bildirishdi. “HVG” internet nashri xabar berishicha, ayni masala bo‘yicha ovoz berish o‘tkazilmaydi, chunki hukmron Vengriya fuqarolik ittifoqi partiyasi kun tartibini tasdiqlashdan bosh tortdi.

Xabarda yozilishicha, tashabbus 49 muxolif deputat tomonidan ilgari surilgani bois, “parlament spikeri Laslo Kyoverning navbatdagi tashqari yig‘ilish chaqirishdan boshqa chorasi qolmagan”. Zero, mavjud qonunga ko‘ra, buning uchun 40 deputat yetarli edi.

Kichik hamkorlar – Xristian demokratlar va parlamentdagi 199 o‘rindan 135 tasini egallagan yetakchi partiya Shvetsiyaning NATOga qo‘shilishi masalasini kuzda ko‘rib chiqmoqchi.

“Hukmron fraksiya 31 iyul kuniga belgilangan navbatdagi tashqari sessiyani boykot qiladi va ovoz berishda qatnashmaydi”, deb yozgan nashr. 25 sentyabrdan keyin, ya’ni yozgi ta’til tugagach, parlament to‘liq ish boshlaydi.