French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vengriya ishbilarmonlari Oʻzbekistonda
19:29 / 2018-12-13

Poytaxtimizda Oʻzbekiston va Vengriya ishbilarmonlari biznes-forumi boʻlib oʻtdi.

Poytaxtimizda Oʻzbekiston va Vengriya ishbilarmonlari biznes-forumi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan forum ochilishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari E.Gʻaniyev, Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikromov, Vengriyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi P.Santo soʻzga chiqdi.

Mamlakatimizda iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, qulay muhit yaratish boʻyicha muhim oʻzgarishlar kuzatilmoqda.

2018 yilning oʻtgan 9 oyi holatiga koʻra, chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni mamlakatimizda 1 ming 600 dan oshgan. Bu jarayonda Vengriya ham munosib ishtirok etmoqda.

Mamlakatimizdan ushbu davlatga neft mahsulotlari, mineral oʻgʻitlar, ip-kalava, sarxil mevalar, transport vositalari ehtiyot qismlari eksport qilinsa, Vengriyadan asosan farmatsevtika mahsulotlari, elektron uskunalar import qilinmoqda.

Anjumanda Vengriyaning 20 ga yaqin yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirok etgani ushbu mamlakatning Oʻzbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanidan dalolat.

Tadbirda Vengriyaning “Global Factor“, “OTO-TEX“, “Anico“, “HND Metal“, “Hunbas“, “Hunland Trade“ kabi kompaniyalari vakillari mamlakatimizda oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻyish va kengaytirish istagini bildirdi.

Tashrif doirasida ikki mamlakat ishbilarmonlarining V2V formatdagi uchrashuvlari tashkil etildi. Unda oʻzaro manfaatli hamkorlik loyihalari boʻyicha hujjatlar imzolandi.