Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vengriya elchisi Prezident ta’lim muassasalari agentligida bo‘ldi
15:54 / 2022-02-24

Vengriyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Dyulu Kovach Prezident ta’lim muassasalari agentligi va Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga tashrif buyurdi.

Agentlik matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, ixtisoslashtirilgan maktabda ekskursiya tashkil etilgan. Elchi maktab faoliyati, o‘quvchilarning loyihalari bilan yaqindan tanishgan. 



Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda yaratilgan shart-sharoitlarni yuqori baholar ekan, Dyula Kovach agentlik tizimidagi maktablarda zamonaviy bilim berilishi, yoshlarning ilmga intilishi chuqur taassurot qoldirganini bildirdi. 

Elchi Prezident ta’lim muassasalari agentligi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi. Uchrashuvda, shuningdek, Vengriya elchixonasi agentlik bilan hamkorlikda ta’lim sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekani ta’kidlandi.  
 

B.Xudoyberdiyev, O‘zA