Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vengriya delegatsiyasi bilan uchrashuv
18:02 / 2021-05-21

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida Vengriya bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Marton Nad boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari A.Mirzayev mehmonlarni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, keyingi yillarda davlatlarimiz o‘rtasida hamkorlik aloqalari izchil rivojlanib borayotganligini ta’kidladi. Xususan, Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning joriy yil 29-31 mart kunlari mamlakatimizga tashrifi chog‘ida strategik sheriklik bo‘yicha qo‘shma deklaratsiya imzolandi.

Ushbu tashrifdan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi va “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. “Yo‘l xaritasi”da O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga ikkita topshiriq belgilangan.

Uchrashuvda Marton Nad rasmiy Budapesht O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi.

Vengriya delegatsiyasi a’zolariga respublikamiz suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish, xususan, suv resurslarini onlayn monitoring qilish, yerosti suvlari darajasi va minerallashuvini avtomat tarzda monitoring qilishni amalga oshirish imkonini beruvchi nazorat o‘lchov uskunalarini o‘rnatish bo‘yicha 2 ta loyiha taqdimoti o‘tkazildi.

Taklif etilayotgan loyihalar doirasida 2021-2023 yillarda 700 dona suv resurslarini onlayn monitoring qilish qurilmasi hamda yerosti suvlari darajasi va minerallashuvini avtomat tarzda monitoring qiluvchi 1 ming 250 dona qurilmani o‘rnatish rejalashtirilgan.

Vengriya tomoni mazkur loyiha ko‘rib chiqilib, tegishli taklif berilishini ma’lum qildi.

 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA