French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vengriya bilan sport sohasida hamkorlik aloqalari muhokama qilindi
10:55 / 2025-09-23

Vengriyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yojef Roja Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov bilan muloqot chog‘ida o‘zbek sporti so‘nggi yillarda ulkan o‘sishga erishayotganini e’tirof etdi.

Uchrashuv davomida har ikki mamlakatning ushbu yo‘nalishdagi aloqalarini yanada mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish borasida bir qator masalalar muhokama qilindi.

Do‘stona va samimiy ruhda kechgan muloqot chog‘ida jamoaviy va suv sporti turlari bo‘yicha Vengriya tajribasini o‘rganish, ushbu yo‘nalishda mutaxassis-kadrlar tajribasini ommalashtirish yuzasidan fikr va takliflar ilgari surildi.

Shuningdek, futbol bo‘yicha terma jamoalar o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazish, qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish kabi bir qator mavzular tahlil etildi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA