Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vengerlar Surxondaryoda bolalar ozuqasi ishlab chiqaradi
14:08 / 2024-07-04

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Vengriya tashqi ishlar va savdo vazirligi vakili Soboslai Zoltan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda tomonlarning hamkorlikda loyihalarni amalga oshiruvchi kompaniyalari mutasaddilari ham ishtirok etdi.

Bu haqda O‘zAga xabar bergan viloyat hokimligi axborot  xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, muzokara chog‘ida avvalgi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarga muvofiq Vengriya kompaniyalarining “Surxon sanoat qurilish” kompaniyasi bilan 5 ming boshli chorvachilik kompleksini tashkil etish hamda “Agro protssessing group” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan bolalar ozuqasi ishlab chiqarish korxonasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha boshlangan loyihalar muhokama etildi.  

Uchrashuv yakunida mazkur loyihalarni O‘zbekiston va Vengriya davlati qonunchiligi doirasida qo‘llab-quvvatlash yuzasidan memorandum imzolandi.  

Xolmo‘min Mamatrayimov,  

O‘zA muxbiri