Venetsiyadagi Grand kanali suvi yashil tuslandi
Venetsiya aholisi yakshanba kuni erta tong Grand kanali yashil rangli suvini ko‘rib, hayratga tushdi.
“CNN” xabariga ko‘ra, mahaliy hokimiyat bu holat sababini o‘rganishga kirishgan. Mashhur Rialto ko‘prigi atrofida suv rangi bunday tusga kirishi avval ham kuzatilgani haqida taxminlar bor. Ehtimol, suvga rang o‘zgartiruvchi kukun ko‘shilgan bo‘lishi ham mumkin. Jurnalistlar mahaliy politsiya yaqin atrofdagi kameralar tasvirini ko‘rib chiqayotganini yozishgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu voqeani Venetsiyada 1968 yil ekologik muammoga e’tibor qaratish uchun yirik kanal suvini yashil rangga bo‘yagan argentinalik rassom Nikolas Garsiya Uriburuning hiylasiga o‘xshatishyapti.
Nigina Safarmatova