Toshkentda 60-bor o‘tkazilayotgan Venetsiya zamonaviy san’at biyennalesidagi O‘zbekiston milliy paviloni konsepsiyasi muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi va poytaxtimizdagi zamonaviy san’at markazi tomonidan tashkil etildi.
Ko‘rgazma loyihasi rassom Aziza Qodiriy va uning “Qizlar Collective” ijodiy jamoasidagi hamkasblari tomonidan yaratildi.
[gallery-18189]
– Venetsiya biyennalesida ishtirok etish mamlakat uchun muhim tarixiy voqea, – dedi “Qizlar Collective” maslahatchisi Komila Zoxidova. – O‘zbekiston ko‘p yillar mobaynida ushbu nufuzli xalqaro san’at va me’morchilik forumida tanishtirib kelingan. Bu yil esa milliy madaniyatimiz va san’atimiz ilk bor yosh rassomlar va me’morlar tomonidan namoyish etmoqda. Bunday muhim loyihada qatnashish ularning ijodini rivojlantirish, madaniyat sohasidagi xalqaro aloqalarni mustahkamlashga yordam beradigan qimmatli tajribadir. San’atimizni qo‘llab-quvvatlash va targ‘ib etishda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi muhim o‘rin tutadi. Jamoaning Venetsiya biyennalesidagi to‘rt yillik faoliyati mamlakat madaniy nuqtai nazarini xalqaro darajada mustahkamlashga intilishini ifodalaydi.
Eslatib o‘tamiz, pavilon 2024 yil 24 noyabrga qadar Venetsiyada omma uchun ochiq bo‘ladi.
O‘zA