Venesuelada valyuta bozori erkinlashtirildi
Venesuela tijorat banklarida xorijiy valyutalarning erkin oldi-sotdisi joriy qilindi.
Venesuela tijorat banklarida xorijiy valyutalarning erkin oldi-sotdisi joriy qilindi.
RIA Novostining yozishicha, 2003 yildan beri Venesuelada xorijiy valyutalar bilan har qanday bank amaliyotlarini olib borish qat’iyan taqiqlangan edi. Natijada mamlakatda dollar rasmiy kursidan o‘nlab marta yuqori bo‘lgan valyuta "qora bozori" yuzaga keldi. Faqat 2018 yilning avgustiga kelib, dollar oldi-sotdisi erkinlashtiriladi, biroq DICOM rasmiy kursi qoldiriladi.
Endilikda, Venesuela Markaziy banki imzolagan hujjatga ko‘ra, mamlakatdagi tijorat banklari fuqarolardan xorijiy valyutalarni o‘zlari belgilagan narxlarda xarid qilishi yoki sotishi mumkin.