Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Venesuelada tabiiy ofat qurbonlari soni 20 dan oshdi
16:52 / 2022-10-10

Venesuela shimolida yuz bergan suv toshqini natijasida 22 kishi halok bo‘ldi, 52 kishi bedarak yo‘qoldi, deb xabar berdi "TASS".

Yakshanba kuni ijrochi vitse-prezident Delsi Rodriges davlat rahbari Nikolas Maduro mamlakatda uch kunlik motam e’lon qilganini bildirdi.

“Hozircha 22 kishining jasadi topildi, 52 odamning daraki chiqmayapti”, dedi u jurnalistlarga. 
Mazkur bayonot “Venezolana de Television” telekanalida namoyish etildi.


Qayd etilishicha, Las-Texerias shahri yaqinida bir necha tog‘ daryosi o‘zanidan toshgan.
Voqea joyida qutqaruv ishlari olib borilmoqda.