Venesuelada o‘nlab siyosiy mahbuslar ozod qilindi
Venesuela inson huquqlari tashkiloti – “Foro Penal” direktori Alfredo Romero yaqinda mamlakatdagi qamoqxonalardan kamida 80 ta siyosiy mahbus ozod qilinganini ma’lum qildi. Shuningdek, u yaqin kelajakda qo‘shimcha mahbuslarning ozod qilinishi ehtimoli yuqori ekanligini aytdi.
Avvalroq, Venesuela muvaqqat hukumati o‘lkada saqlanayotgan ba’zi AQSH fuqarolarini ozod qilgani haqida xabar berilgan edi.
Nikolas Maduro hukmronligi davrida Venesuela xavfsizlik xizmatlari terrorizm va josuslikda ayblangan bir nechta xorijiy fuqarolarni hibsga olgan edi.


Oq uy rahbari Donald Tramp o‘tgan yili siyosiy mahbuslarni ozod qilish choralarini ko‘rib, o‘zining maxsus elchisi Richard Grenellni Venesuelaga yuborgandi. Ushbu sa’y-harakatlar doirasida ilgari hibsga olingan 20 dan ortiq Qo‘shma Shtatlar fuqarolari ozod qilindi.
G.Sattorova, O‘zA