Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Venesuelada neft sohasi xususiy investorlar uchun ochildi
12:55 / 2026-01-30

Venesuela parlamenti xususiy investorlar neft sohasiga erkin kirib borishini nazarda tutuvchi qonunni qabul qildi. Hujjat AQSH tomonidan qo‘yilgan talablar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, rasmiy Karakas bu qarorni mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim burilish sifatida baholadi.

DW yozishicha, muvaqqat Prezident vazifasini bajarayotgan Delsi Rodriges ham islohotni tarixiy sakrash, deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi tartib Venesuela neft sanoatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy sarmoya jalb etishga yo‘l ochadi.

Avval ushbu sohada faoliyat yuritish faqat davlatga qarashli PDVSA tasarrufidagi qo‘shma korxonalar orqali amalga oshirilar, nazorat paketi shu kompaniyaga tegishli bo‘lar edi. Endi xususiy korxonalar PDVSA bilan qo‘shma korxona tuzmasdan, mustaqil ravishda neftni qazib olishi va sotishi mumkin.

Qonun doirasida neft qazib olish uchun yagona 15 foizlik to‘lov joriy etildi. Shuningdek, litsenziya yig‘imi yalpi daromadning 30 foizidan oshmasligi belgilandi. Soliq stavkasi esa loyiha rentabelligi va sarmoya hajmiga bog‘liq.

Ma’lumki, AQSH tomonidan yanvar oyi boshida amalga oshirilgan harbiy amaliyot yordamida mamlakatning sobiq rahbari Nikolas Maduro qo‘lga olingach, Venesuelaga nisbatan sanksiya siyosati ancha yumshagan.

D.Hakimov, O‘zA