English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Venesuelada davom etayotgan jala va suv toshqinlari ko‘plab odamlarning o‘limiga sabab bo‘lmoqda
13:57 / 2022-10-10

Venesuelaning Aragua shtatida yuz bergan kuchli suv toshqinlari va yer ko‘chishlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 25 kishiga yetdi, yana 52 kishi bedarak ketgan, deb ma’lum qildi ichki ishlar, adliya va tinchlik vaziri Remixio Sebalos.

"Ayni paytda 25 kishining jasadi aniqlandi, ularning oila a’zolariga ta’ziya bildiramiz. Bundan tashqari, 52 kishining daragi yo‘q", - dedi vazir VTV telekanali efiridan chiqish qilib.

Mamlakat prezidenti Nikolas Maduro Aragua shtatida tabiiy ofat qurbonlariga uch kunlik motam e’lon qildi.  

Ofat ro‘y bergan hududlarda turar-joylar, tijorat ob’ektlari suv ostida qolgani, elektr ta’minoti uzilgani, qutqaruv ishlariga 1200 nafar harbiy xizmatchi jalb etilgani haqida aytilmoqda. “Zarar ko‘rgan tuman aholisi vaqtinchalik xavfsiz joylarga ko‘chirildi”, deyiladi xabarda.