English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Venesuela xorijga suyultirilgan gaz jo‘nata boshladi
13:35 / 2026-02-02

Venesuela o‘z tarixida birinchi marta suyultirilgan neft gazini mamlakatdan tashqariga chiqardi, deya ma’lum qildi vaqtincha Prezident vazifasini bajarayotgan Delsi Rodriges.

– Men ushbu xabarni baham ko‘rishdan faxrlanaman: “Chrysopigi Lady” birinchi marta suyultirilgan neft gazi bilan jo‘nadi, – deb yozdi Rodriges o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. – Biz ishchilar sinfi bilan birga ushbu tarixiy voqeani mamlakatning ilk gaz molekulasi eksporti sifatida nishonlaymiz. Bu xalqimiz farovonligi yo‘lida erishilgan yutuq.

Avvallari Venesuela suyultirilgan gazni faqat mahalliy bozorga yo‘naltirib, ichki talabni to‘liq qoplagan. Shu yil boshida esa hukumat qabul qiluvchi ko‘rsatilmagan eksport shartnomasi imzolanganini ma’lum qildi.

G.Sattorova, O‘zA