Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Venesuela va AQSH bir-biriga “tish qayramoqda”
23:14 / 2025-12-01

Venesuela AQSHning Karib dengizidagi harbiy faolligini “to‘g‘ridan-to‘g‘ri tajovuz” deb atab, bu harakat mamlakat neft ishlab chiqarishi va global energiya bozoriga xavf solayotganini bildirdi. Prezident Nikolas Maduro “OPEC+”ga murojaat-xatida Vashingtondan kuzatilayotgan bosim hudud eksport imkoniyatini izdan chiqarishga qaratilganini aytib, tashkilotdan siyosiy-diplomatik ko‘mak so‘radi.

Uning fikricha, Qo‘shma Shtatlar harbiy kemalari va bombardimon amaliyoti xalqaro huquq buzilishi sifatida mintaqadagi barqarorlikka putur yetkazadi. Masalan, Venesuela uzra havo makonini yopish qarori tufayli xalqaro avia kompaniyalar reyslarni to‘xtatishga majbur bo‘ldi, minglab yo‘lovchi chorasiz qoldi. Bunga javoban fuqarolarni qaytarish bo‘yicha favqulodda reja ishga tushirildi va holat “qamal” sifatida baholandi.

Maduro mamlakat o‘z energiya resurslarini himoya qilishda qat’iyligini ta’kidladi. Holat nafaqat mintaqaviy siyosiy taranglikni kuchaytirmoqda, balki xalqaro ekspertlar ogohlantirishicha, shunday davom etadigan bo‘lsa, Venesuela uchun yangi gumanitar inqiroz bosqichiga, dunyo neft bozorida esa keskin tebranishga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois Lotin Amerikasidagi  bir necha davlat, jumladan Kolumbiya ziddiyat yanada chuqurlashmasligi uchun xalqaro vositachilik yo‘lga qo‘yilishini tavsiya qilmoqda.

Musulmon Ziyo, O‘zA