Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Venesuela rasmiylari X platformasiga qaytdi
15:17 / 2026-01-15

Venesuela hukumatining bir qator rasmiylari, jumladan muvaqqat Prezident Delsi Rodriges X (sobiq “Twitter”) ijtimoiy tarmog‘ida yana faol ko‘rina boshladi. Bu holat 2024yil joriy etilgan taqiq amalda bekor qilinganini anglatmoqda.

–Ushbu platforma orqali muloqotni qayta tiklaymiz, – deb yozdi Rodriges rasmiy sahifasida.

U o‘zini “Venesuela Bolivar Respublikasining vaqtincha tayinlangan Prezidenti” deya atab, Nikolas Maduro bilan Bolivar va Chavez g‘oyasi asosida harakat qilayotganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH tomonidan yaqinda qo‘lga olingan sobiq yetakchi Maduro 2024 yil avgust oyida X platformasini yopishga qaror qilgan edi. Bunga tarmoq egasi Ilon Mask bilan yuzaga kelgan ochiq bahs sabab bo‘lgan.

Aholi ancha vaqt davomida Xdan foydalana olmadi.

Mamlakat ichki ishlar vaziri Diosdado Kabello mazkur tarmoqda Venesuela va boshqa davlatlardagi fuqarolarga murojaat qilib, vaziyatga befarq bo‘lmaganlarga minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, Delsining ukasi, Milliy Assambleya raisi Xorxe Rodriges farovonlik, muloqot va o‘zaro hurmat yo‘lidan borish zarurligini ta’kidladi.

CNN Venesuela Milliy telekommunikatsiya komissiyasi – “Conatel”dan cheklov olib tashlangani bo‘yicha rasmiy izoh so‘ragan. Shuningdek, X kompaniyasiga mamlakat hududida platformadan foydalanish to‘liq tiklanganmi yoki yo‘qligi yuzasidan so‘rov yuborgan.

Shu kuni Maduroning tasdiqlangan akkaunti ham faollashib, Nikolas va rafiqasi Silia Flores tasvirlangan surat e’lon qilindi. Rasmda ular “o‘g‘irlanganiga 11 kun bo‘lgani” yozuvi va tegishli xeshteg joylashtirilgan. Akkauntni ayni payt kim boshqarayotgani noma’lum. Maduro sahifasida hanuzgacha u o‘zini 2025-2031 yillar uchun Venesuela Prezidenti sifatida ko‘rsatmoqda.

F.Yaxshiboyeva, O‘zA